Urgutda sodir etilgan qotillik yuzasidan Bosh prokuratura ma’lumot berdi
- 06.01.2022 11:42
- 929
- Jinoyat va jazo
Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumani "Dehqonobod" dehqon bozorida qotillik sodir bo‘lganligi haqida xabar tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 31 dekabr kuni Urgut tumanida joylashgan “Dehqonobod dehqon bozori” yaqinida 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.X. qo‘shnisini oldindan o‘rtalarida bo‘lgan kelishmovchilik sababli qo‘lida bo‘lgan temir bolta bilan uning bosh va bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.
Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, jabrlanuvchi 3 yanvar kuni vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.