Toshkent viloyatida YTH natijasida ikkita avtoulov yonib ketdi
16 iyul kuni soat 22:00 lar atrofida Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan o‘tuvchi “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining 9 kilometrida “Shodmalik” MFY hududida haydovchi 1956 yilda tug‘ilgan Yo.A boshqaruvida bo‘lgan “MAN” rusumli avtoulovni Toshkent shahri tomondan Olmaliq shahri tomonga qatnov qismining ikkinchi bo‘lagida harakatlanib ketayotib, shu yo‘nalishda qatnov qismining birinchi bo‘lagida harakatlanib ketayotgan haydovchi 1987 yilda tug‘ilgan I.D boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli avtoulov bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida yong‘in chiqib ikkala avtomashina yonib ketgan va “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan, yo‘lovchisi olgan tan jarohati tufayli kasalxonaga yotqazilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.