Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi
Bugun, 28 avgust kuni taxminan soat 16:55 da Toshkent shahri Shayxotohur tumani Sebzor ko‘chasida ushbu tumanda ro‘yxatdan o‘tgan “Mirkamol Trans Servis” MChJga tegishli “Gazel” rusumidagi avtomobilda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar berdi.
Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.
Yonish paytida mikroavtobus salonida texnik ta’mirlash ishlarini olib borayotgan 39 yoshli haydovchi Umidjon R. Bo‘lgan.
Elektr uzatish tizimidagi qisqa tutashuv yong‘in kelib chiqishiga dastlabki sabab sifatida keltirilgan.