Toshkentda nishonlangan tug‘ilgan kun sababli 13 kishi koronavirusga chalindi
SSV aholi orasida koronavirus aniqlangan joy va shaxslar haqida ma’lumot berdi:
Poytaxtlik fuqaroning tug‘ilgan kun munosabati bilan o‘tkazgan tadbirida qatnashgan 13 nafar oila a’zosi va qarindoshlarida, ya’ni Yunusobod tumanida yashovchi taksi haydovchisi, Olmazor tumanida yashovchi uy bekasida, Uchtepa tumanida yashab, Sergeli tumanida oziq-ovqat do‘konida ishlovchi sotuvchida, Sergeli tumanidagi tug‘ruq ta’tilida bo‘lgan uy bekasining o‘g‘li va qizida, Uchtepa tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorda, Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaroda, Toshkent viloyati — Toshkent tumanida yashovchi fuqaroda, Zangiota tumanida yashovchi fuqaro va uning uch nafar oila a’zosida, O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 9 nafar fuqaroda, shuningdek, chaqiriq bo‘yicha tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi qabul bo‘limiga olib kelingan bemorda kasallik qayd etilgan.