Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida virus chiqmoqda. Joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etildi

- Tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygan, - deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva. -  Ayniqsa, maktab o‘quvchilari orasida, talabalar orasida, tashkilot-muassasalar xodimlari orasida ko‘paygani kuzatildi. Bu esa aholi, tashkilot va muassasalar tomonidan karantin choralariga amal qilinmayotganini ko‘rsatadi. Ya’ni, o‘lchov vositalaridan foydalanmaslik, kasal bo‘lishiga qaramasdan ish va o‘qishga borib, boshqalarni xavfga qo‘yish holatlari kuzatilmoqda.

Aholi o‘rtasida kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida qator tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar o‘tkazilishi boshladi.

Shu kunlarda milliy gvardiya, ichki ishlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlaridan iborat guruhlar tuzilib, bozorlarda, umumiy ovqatlanish muassasalarida, tashkilot va muassasalarda karantin talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat olib borishi yana yo‘lga qo‘yildi.

Manba: @koronavirusinfouz