Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi boshlandi

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi a’zolari, markaziy idoralar rahbarlari, mahalliy va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.

Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikeri N.Ismoilov ochdi.

Dastlab parlament palatalarining qo‘shma majlisini o‘tkazish bo‘yicha Muvaqqat kotibiyat saylandi.

So‘z Prezident Shavkat Mirziyoyevga berildi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizni taraqqiy ettirish bo‘yicha istiqboldagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan ma’ruza qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, parlament palatalari qo‘shma majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi tasdiqlanadi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturi muhokama qilinadi.