Tovuslar uzoq va baland uchmaydi

Tovuslar – qirg‘ovul (tustovuq)lar oilasiga mansub yirik qushlar. Ular o‘zining yelpig‘ich kabi hurpayib turadigan ko‘zli dumi tufayli tovuqsimonlar orasida eng go‘zal qush sifatida tanilgan. Oddiy tovus qushi odamlar tomonidan xonakilashtirilgan. Tovuslar Sharq va G‘arbning ko‘plab san’at asarlarida tasvirlab kelingan. Hinduizmda Mayura (tovus) muqaddas qush hisoblanadi.

Tovusning dumida 200 tagacha par bor;

O‘rta Sharqda Hayot daraxtining ikkala tomonida tasvirlangan yuzta ko‘zli tovus – bu buzilishga berilmaydigan qalb va ong muvofiqligi belgisini bildiradi.

Tovuslar bo‘lgan joyda ilon bo‘lmaydi. Ular kobra va boshqa turdagi ilonlarni o‘ldiradi va yeydi.

Qadimgi Misrda tovus quyosh butxonasi joylashgan shahar – Geliopolisning ramzi hisoblangan.

Sharqda, ayniqsa, Hindiston va Eronda tovus muqaddas qush, ilohiy mavjudot, mag‘rurlik, shohona ulug‘vorlik, boylik va ma’naviy ustunlik ramzi hisoblangan.

Buyuk Aleksandr tovuslarni boshqa “sovrin”lar qatorida Yunonistonga olib kelgan, keyinchalik ular Rimga olib ketilgan.

Tovus jo‘jalari sekinlik bilan o‘sib boradi, toj patlari bir oydan keyin paydo bo‘la boshlaydi va yosh xo‘rozlarning “orqa etagi” deyarli uch yoshga to‘lganida to‘ladi.

Xitoyda tovus Min sulolasining timsoli hisoblanadi.

Tovusning 140-160 santimetr uzunlikdagi dumi bor.

Afrika va Kongo tovuslari tovuq jinsining eng qadimiy vakillaridan biri bo‘lib, ular hind tovuslarining katta bobosi hisoblanadi.

Ajablanarli ko‘rinsa-da, tovuslar unchalik uzoq bo‘lmagan muddatda va past balandlikda parvoz qiladi.

Bahora tayyorladi.