Toyloq tumanida 1,5 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan MChJ rahbari aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Toyloq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshrishuvda, MChJ rahbari Sh.P. korxonaga qarashli omborxona va savdo do‘konlari bo‘lmasa-da, soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali boshqa bir tadbirkorga tegishi ekskavatorni garov sifatida qo‘yib, bank filialidan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 1,5 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishgani aniqlangan. Kredit mablag‘idan maqsadsiz foydalanib, talon-toroj qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.