Toyloq va Jomboy tumanlarida bir kunda 390 ta holatda yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi
Viloyat hududida yo‘l transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toyloq va Jomboy tumanlarida 2019 yil 17 noyabr kuni “Avtopatrul” reyd tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 106 ta qo‘pol qoidabuzarlik, 48 ta tegishli hujjatlarsiz va transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan boshqarish, 9 ta quvib o‘tish, 21 ta odam tashish qoidasini buzish, 31 ta yo‘l-belgilariga rioya qilmaslik, 21 ta avtomashinada o‘t o‘chirgich va zarur dorilar to‘plami (aptechka) yo‘qligi, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, svetoforning qizil chirog‘ida xaratlanish, telefondan foydalanish, yo‘l belgisiga amal qilmaslik, texnik ko‘rikdan o‘tmaslik va boshqa turdagi jami 390 ta holatda qoidabuzarliklar aniqlandi.
51 ta transport vositalari jarima maydoniga qo‘yildi.
Boshqa harakat ishtirokchilarining xavfsizlikka loqayd bo‘lmaganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Xuddi shunday reyd tadbirlari viloyatning barcha hududlarida davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmati.