Toyloqda kuniga 200 tonna tayyor rafinatsiyalangan yog‘ ishlab chiqariladi
- 17.02.2021 10:18
- 145
- Iqtisodiyot
Tumandagi “PET AGRO OIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan umumiy qiymati 50,4 milliard so‘m bo‘lgan o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi.
Loyihaga asosan Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi "MYANDE" kompaniyasidan 4,7 million AQSh dollar qiymatida asbob-uskunalar olib kelinib, o‘rnatish belgilangan. Ushbu korxonaning ishga tushishi natijasida kuniga 200 tonna tayyor rafinatsiyalangan yog‘ ishlab chiqarilib, 30 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.
Ma’lumot uchun, rafinatsiya liniyasi - o‘simlik yog‘ini rafinatsiyalashga moslashgan, uzluksiz tizimda ishlaydigan avtomatlashtirilgan tarmoq. Bunda yog‘ni neytralizatsiyalash, oqartirish va devaksatsiya qilish ko‘zda tutiladi.
Mazkur loyiha shu yilning sentyabr oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Dilshod Umirzoqov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa