Toyloqda qarzdor ota farzandi uchun bir yo‘la 90 million so‘m to‘lab berdi
Fuqarolik ishlari Tayloq tumanlararo sudining sud buyrug‘iga asosan qarzdor Sh.U.dan undiruvchi Sh.Q.ning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan va sud qaroriga asosan ijro hujjati Byuroning tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Mazkur ijro hujjatiga asosan qarzdorning mol-mulklarini aniqlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 21, 87-moddalariga asosan tegishli tashlikotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga asosan barcha mol-mulklariga taqiq qo‘yilgan.
Byuroning Tayloq tuman bo‘limi davlat ijrochisi Firuz Kamarovga ko‘ra, mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash mobaynida olib borilgan keyingi tushuntirishlar o‘z samarasini bergan. Qarzdor farzandi uchun bir yo‘la 90 million 420 ming so‘m aliment pulini to‘lab bergan.