Toyloqdagi dorixonada 671 dona kuchli ta’sir qiluvchi dorilar aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda dorixonalardan birining fuqaroga 120 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ushlangan.
Ushbu dorixonadan 9 xil turdagi 671 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.