Tramp Baydenni noqonuniy migratsiya inqirozida ayblamoqda
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Amerikaning amaldagi rahbari Jozef Baydenni noqonuniy migratsiya inqirozida aybladi.
Ma’lumki, Tramp immigratsiya siyosatini hozirgi prezidentga ko‘ra qattiqroq olib borgan.
"Baydenning kun tartibi muvaffaqiyatsizligini Amerikaning janubiy chegarasida sodir bo‘layotgan voqealar ko‘rsatyapti. Biz boshqa davlatlar chegaralarini himoya qilamiz, lekin o‘z chegaralarimizda xolos", dedi Tramp Shimoliy Karolina respublikachilar s’yezdida so‘zga chiqib.
Trampning aytishicha, u hukumat boshida turganda "AQSh eng xavfsiz chegara " bo‘lgan. "Biz Amerika tarixidagi eng xavfsiz chegaralarga ega edik", dedi AQShning sobiq rahbari.
Sobiq prezidentning aytishicha, Bayden ma’muriyati Qo‘shma Shtatlarni chet ellik jinoyatchilar makoniga aylantirdi va bojxona hamda chegara politsiyasini amalda bekor qildi.
Trampning migratsiya siyosati ham uning muxoliflari tomonidan ko‘p bor tanqid qilingan edi. Xususan, Tramp tashabbusi bilan AQSh va Meksika chegarasi bo‘ylab devor qurilishi tanqid qilindi.
Bayden ma’muriyati hukumat tepasiga kelishi bilan AQSh chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan muhojirlar soni keskin oshdi. Aksariyat ommaviy axborot vositalari chegaradagi inqiroz haqida aytishmoqda.