Tramp va Zelenskiy Vatikanda uchrashdi
- 28.04.2025 15:10
- 50
- Xorij

Nyu-Jersidan uchib ketayotgan AQSh prezidentidan Vatikanda Rim papasi Frensisning dafn marosimida Vladimir Zelenskiy bilan bo‘lib o‘tgan qisqa uchrashuvi qanday o‘tgani haqida so‘rashdi.
Tramp bunga javoban "Uchrashuv yaxshi o‘tdi", dedi. Zelenskiy Qrim ustidan nazoratdan voz kechishga tayyormi, degan savolga Tramp: “Men shunday deb o‘ylayman”, deb javob berdi.
Tramp, shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bergan raketa zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lganini aytgan va Vladimir Putinga ishonasizmi, degan savolga u: “Ikki hafta ichida bilib olamiz”, deb javob bergan.
Shuningdek, Tramp uchrashuvda Vladimir Zelenskiy qo‘shimcha qurol so‘raganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy suhbat davomida o‘zini avvalgidan ko‘ra xotirjamroq tutgan.
Teglar:
Tramp