Trinadad Tobagodagi ko‘l ostidan eng sifatli asfalt qazib olinadi

Yer qa’rida bebaho tabiiy boyliklar ko‘p: gaz, neft, oltin, ko‘mir, mis, melibden, nikel uran va hokazolar. Ammo yer ostida tabiiy asfalt koni ham mavjudligi haqida ko‘pchilik eshitmagan. «Mir novostey» (2020 yil, 48-son) haftanomasida bu haqda o‘qimaguncha men ham ishonmasdim.

BMT ma’lumotlariga qaraganda, Trinadad Tobago davlatidagi yo‘llar eng sifatli ekan. Trinadad mahsuloti dunyoning 50 dan ziyod mamlakatlariga tashib ketiladi. Bu tabiiy asfalt bilan qoplangan yo‘llar + 40 darajadan – 25 darajagacha bardosh beradi. Ushbu bebaho tabiiy kon janubiy Karib Trinadadning janubi-g‘arbida Pich-Leyk bitum ko‘lida joylashgan. Maydoni 45 gektar, chuqurligi 75-90 metrni tashkil etadi.

Jahondagi yirik bu tabiiy asfalt hafzasi 1959 yilda ochilgan va o‘shandan buyon ushbu bitum kemalarning sirtini qoplash uchun foydalanib kelingan. Ammo XX asr boshlarida ko‘ldagi bitum qota boshlagan va ushbu xom ashyoning yarmidan ko‘pi tabiiy asfaltga to‘g‘ri keladi va yo‘l qurilishi uchun zarur qattiqlikka ega. Tabiatning bunday tuhfasi noyobligi shundaki, resurs doimiy ravishda qayta tiklanib turadi. Pich-Leykdagi qayta tiklanadigan asfalt hozirgi suratda qazib olinib foydalanilsa va eksport qilinsa, 300 yil davomida muhim manba bo‘lib turadi.

Olimlar bunday konlar sirini hozircha aniqlashgani yo‘q. Bunday doimiy qayta tiklanib turadigan katta-kichik bitum xom ashyosi havzalari dunyoning boshqa olis-yaqin hududlarida ham mavjud. Jumladan, Boshqirdiston, Komi, Venesuela shimolida, Indoneziyaning Sumatro orolida, Kanadaning shimoli-g‘arbidagi Atabaskida, Sharqiy Afrikaning Eriteriya qirg‘og‘i bo‘ylarida, Albanida. Shunday xom ashyo Tog‘li Qorabog‘da ham bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Tog‘aymurod ShOMURODOV.