Tuman maktablarida matematika va fizika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi
Samarqand shahrida Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika va fizika fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati Mirzo Ulug‘bek nomidagi matematika va fizika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktab-internatiga o‘zgartiriladi. Bu haqda viloyat hokimining 2021 yil 26 iyundagi 135-Q-sonli qarorida tasdiqlandi.
Shuningdek, ushbu qarorga ko‘ra, Bulung‘ur tumanidagi 1-, Toyloq tumanidagi 57-, Oqdaryo tumanidagi 20-, Qo‘shrabot tumanidagi 90-, Samarqand shahridagi 2-, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 14-sonli umumta’lim maktablari negizida 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab matematika va fizika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Paxtachi tumanidagi sobiq avtomobil yo‘llari kasb-hunar kolleji negizida matematika va fizika fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashkil etiladi.
Ushbu ta’lim dargohlari matematika va fizika fanlari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilarni tanlab, ularga ushbu fanlardan zamon talablari darajasida chuqurlashtirilgan bilim berib, oliy ta’lim tizimi uchun yuqori intellektual salohiyatli yoshlarni tayyorlaydi. Shuningdek, ushbu maktab internatlarga yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy mamlakatlardan tajribali o‘qituvchilar jalb etiladi.
2021-2022 o‘quv yilidan boshlab ixtisoslashtirilgan sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.
Xurshida Ernazarova.