Jahongir xalqaro matematiklar olimpiadasining kumush medalini qo‘lga kiritdi
- 07.08.2020 11:50
- 248
- Ta’lim
Joriy yilning 25-30 iyul kunlari yosh matematiklarning (IMC- International Mathematical Competition) onlayn xalqaro olimpiadasi o‘tkazildi. Unda 46 davlatdan 546 nafar talaba qatnashdi.
Olimpiadada yurtimiz talabalari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali hamda 4 ta faxriy yorliqni qo‘lga kiritdi.
Ushbu talabalar orasida Kattaqo‘rg‘on shahri 17-ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida tahsil olgan, hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi Jahongir To‘rayev ham bor. U olimpiadada munosib ishtirok etib kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Hilola ERGAShEVA.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Реновация ва инфратузилма лойиҳалари ўрганилди
- Bugun, 10:37
- Samarqand
Qadrni yo‘qotgan jamiyat kelajagini yo‘qotadi
- 04/04, 13:38
- Jamiyat