Xalqaro matematika olimpiadasida kattaqo‘rg‘onlik o‘quvchi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 8-12 aprel kunlari Turkmanistonning Ashxobod shahrida III Xalqaro matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Unda 15 ga yaqin davlatdan 240 nafardan ziyod o‘quvchilar ishtirok etdi.

Olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 6 ta kumush, 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Mamlakatimiz terma jamoasi safida qatnashgan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-IDUMning 9-sinf o‘quvchisi Ashrafjon Ravshanov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ashrafshon ilk bor yettinchi sinfligida Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida qatnashib, bronza medalini qo‘lga kiritgan. O‘tgan yili esa kumush medal sohibi bo‘lgan edi. Shuningdek, joriy yilning 12-19 mart kunlari bo‘lib o‘tgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida ishtirok etib, kumush medalga erishgandi.