“Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasi ilk bor Samarqandda o‘tkazildi
Turizm va sport vazirligi, viloyat hokimligi hamda turizm va sport bosh boshqarmasi tashabbusi bilan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida respublikaning 8 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida ilk bor “Turizm va sport vaziri kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.
Unda talabalar sportning badminton, futbol, shaxmat, armrestling va kvest turlari bo‘yicha bellashdi.
Xususan, armrestling bo‘yicha 70 kilogramm vazn toifasida erkaklar o‘rtasida “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabasi Zohidbek Normurodov birinchi, BuxDU talabasi Asilbek Toshpo‘latov ikkinchi, SamISI talabasi Jaloliddin Jo‘raqulov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 80 kilogram vazn toifasida BuxDU talabasi Daler Burxonov birinchi, “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabasi Doniyor Ma’rupov, Qarshi davlat universitetiti talabasi Ravshanbek Fazliddinov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
+80 kg vaznda chirchiqlik talaba Iftixor Akobirov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mini-futbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada xorazmlik talabalar birinchi, farg‘onaliklar ikkinchi va qashqadaryolik talabalar uchinchi bo‘ldi.
Badminton bahslarida esa “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti talabasi Baxtiyor Islomov (ayollar o‘rtasida Mohina Yoqubova)1-, BuxDU talabasi Mustafo Karimov 2-, SamISI talabasi Davron Qulmatov 3-(ayollar o‘rtasida Iltijo Jo‘raboyeva ikkinchi, farg‘onalik Mushtariy Ahmedova uchinchi) o‘ringa ega chiqdi.
Bulardan tashqari, talabalar shaxmat va sportning kvest turi bo‘yicha ham murosasiz bellashuv bo‘ldi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga Turizm va sport vazirligi, viloyat hokimligi hamda turizm va sport boshqarmasining qimmatbaho sovg‘alari, diplom va medallari topshirildi.
Fazliddin Ro‘ziboyev.