Turkiy madaniyat o‘choqlari Samarqandda birlashadi

Turk madaniyati xalqaro tashkiloti (TurkSOY) turkiy mamlakatlarni birlashtirgan xalqaro tashkilot bo‘lib, asosiy maqsadi - turk xalqlarining umumiy moddiy va madaniy yodgorliklarini asrab-avaylash, rivojlantirish va kelajak avlodlarga yetkazish bo‘yicha tarkiy xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

TurkSOY 1993 yil 12 iyulda Olma-Otada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya Madaniyat vazirliklari tomonidan imzolangan shartnoma va hamkorlik tamoyillariga ko‘ra tashkil etilgan. Bugungi kunda 6 davlat tashkilotning a’zosi hisoblanadi. Ish yuritish turk va ingliz tillarida olib boriladi. Tashkilotning joylarda tadbirlari o‘tkazilganda shu davlatning tili qo‘llaniladi.

Shtab-kvartirasi Anqara shahrida joylashgan. Shunga ko‘ra tashkilot byudjetining qariyb 50 foizi Turkiya hukumati tomonidan qoplanadi.

2009 yilda TurkSOY Turkiy kengash tarkibiga kirdi. O‘zbekiston ushbu tashkilotga to‘laqonli a’zoli orqali Vengriya bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Shu tariqa xalqaro tashkilot ilk marta Yevroittifoq a’zosi bilan hamkorlik qila boshladi.

2020 yilda Xiva TurkSOYning madaniyat poytaxti etib tanlangan va 2022 yilgacha shu maqomni saqlab turdi. Turkiy dunyoning 2023 yilda madaniy poytaxti Ozarbayjonning Shusha shahri deb e’lon qilindi.

TurkSOY tomonidan har yili san’atkorlar uchrashuvi, opera festivallari, adabiy forumlar tashkil etilib, turkiy dunyo madaniyat, san’at va fan arboblari o‘rtasida tajriba almashish uchun yagona platformaga aylangan.

Joriy yilning 5 noyabr kuni Turkiyaning Bursa shahrida Madaniyat vazirlari Doimiy kengashining 39-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tashkilotga a’zo davlatlarning madaniyat vazirlari va madaniyat masalalari bo‘yicha tegishli davlat muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish yakunida tashkilot Doimiy kengashining 2022 yilga mo‘ljallangan faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti va 2023 yilga mo‘ljallangan faoliyat dasturi tasdiqlandi, 2023 yilda amalga oshiriladigan loyiha va tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, madaniyat vazirlarining qarori bilan 2024 yil Turkmanistonning Anev shahri “Turk dunyosining madaniyati poytaxti”, deb e’lon qilindi.

2023 yilda Ozarbayjonning Shusha shahri “Turk dunyosining madaniyati poytaxti” vazifasini bajarishi munosabati bilan Madaniyat vazirlari Doimiy kengashining 40-yig‘ilishi ushbu shaharda o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, TurkSOY Turkiy Kengash tarkibida faol tuzilmalardan biriga aylanib bormoqda. Ayni vaqtda tashkilot Turkiy kengash, Xalqaro turk akademiyasi, Turk madaniyati va merosi fondi, YuNESKO va ISESKO tashkilotlari, MDH ijtimoiy hamkorlik fondi va boshqa tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda.

Gulnora XUDOYBERDIYeVA,

Toshkent davlat yuridik universiteti ixtisoslashtirilgan filiali dotsenti, yuridik fanlar nomzodi.