Spektakllarimizni jahon sahnalariga olib chiqish nima beradi?

Bu savolga viloyat musiqali drama teatrida o‘tkazilgan "Madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi hamda ushbu yo‘nalishlardagi ustuvor vazifalar"ga bag‘ishlangan  matbuot anjumanida javob berildi.

Unda viloyatdagi mavjud 138 ta madaniyat va san’at muassasalari faoliyati, ularning moddiy-texnik bazasini boyitish borasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, sohani rivojlantirishga qaratilgan “Samarqand tajribasi”ni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan konsepsiya va undagi ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

- Keyingi yillarda viloyatimizdagi mavjud teatrlarning xorijiy davlatlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalari ortib bormoqda, - deydi viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sh.Eshonqulov. – Spektakllarimizni jahon sahnasiga olib chiqish bilan dunyo ahliga milliy san’atimiz, tarixiy shaxslar, buyuk bobokalonlarimiz haqida ko‘proq ma’lumot berish, ularning yurtimizdagi tarixiy obidalarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish,  shuningdek, tajriba almashishni maqsad qilganmiz.

Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari tomonidan berilgan savollarga madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Sh. Eshonqulov hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan teatrlar rahbarlari tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.

To‘lqin SIDDIQOV,

Baxtiyor MUSTANOV (surat).