O‘zbekistonning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi YuNESKO tomonidan yuqori baholandi
“O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi davom etmoqda. Loyiha doirasida mamlakat hududida turli vaqtlarda yaratilgan noyob qo‘lyozmalarni keng jamoatchilik va tadqiqotchilar mulkiga aylantirish ko‘zda tutilgan. Qadimgi qo‘lyozmalarning yuqori sifatli faksimil (qo‘lyozma, hujjatni aynan takrorlash) nusxalari kitob-albom shaklida nashr etiladi.
Butun dunyodan 350 ga yaqin olim ishtirokida Xiva shahrida o‘tkazilayotgan “Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasi chorrahasida” xalqaro madaniy forumda loyihaning so‘nggi nashri - X asr astronom va matematigi Abdurrahmon as-Sufiyning “Ko‘chmas yulduzlar kitobi” taqdim etildi. Bu asar Fransiya Milliy kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozma nusxasi temuriylar davlat hukmdori, buyuk astronom va matematik Ulug‘bek buyrug‘i bilan ishlangan. Asarda Ulug‘bek shaxsan yozgan bitiklar mavjud.
Qadimiy qo‘lyozma Markaziy Osiyo san’atining haqiqiy durdonasidir. Shu davrgacha yetib kelgan illyustratsiyali eng qadimgi astronomik kitoblardan biri bo‘lgan kitobda burjlar tasvirlangan 74 ta ajoyib miniatyura mavjud. Sultonning o‘zi - Mirzo Ulug‘bek Sefeya yuzduz turkumi sifatida tasvirlangan.
Kitob badiiy adabiyotdan tashqari katta ilmiy ahamiyatga ega. U qadimgi yunon astronomiyasi tamoyillariga asoslangan bo‘lib, 48 yulduz turkumini yoki turg‘un yulduzlarni tasvirlaydi. Shu bilan qo‘lyozma o‘rta asr arab astronomik bilim va nazariyalar yoritilgan birinchi risola.
Abdurrahmon as-Sufiy (903-986) dan oldin barcha astronomik bilimlar aleksandriyalik olim Klavdiy Ptolemey (100-160)ning “Almagest” asariga asoslangan edi. As-Sufiy birinchilardan bo‘lib Ptolemey asarini qayta ko‘rib chiqdi va astronomiyaning keyingi rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan holda takomillashtirdi.
Isfaxonda ishlagan olim, yulduz va yulduz turkumlarining yunoncha va arabcha nomlari o‘rtasida aniq moslik o‘rnatdi. U birinchi bo‘lib Andromeda galaktikasini tasvirlab berdi va birinchilardan bo‘lib Katta Magellan buluti haqida aytdi. Undan oldin astronomlar faqat bitta galaktika - Somon yo‘lini bilishgan.
Qo‘lyozmadagi burjlarning batafsil tavsifi va tasviri As-Sufiyni nafaqat islom, balki nasroniy olamiga ham eng muhim yulduzli osmon boshqaruvchisi - astronom olim qildi.
Astronomiya - O‘zbekiston madaniy merosining bir qismidir
Abdurrahmon as-Sufiyning o‘zi yaratgan asl qo‘lyozma bizgacha yetib kelmagan. Biz astronomning ishi bilan faqat keyingi asrlarda yozilgan qo‘lyozma orqali tanishmiz.
O‘zbekiston qadimiy qo‘lyozmalarning faksimil nusxalarini yaratish orqali zamonaviy texnologiyalar yordamida ularning umrini uzaytirishga intilmoqda.
“O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi doirasida boshqa o‘nlab qo‘lyozmalar allaqachon nashr etildi. Arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan yozuvli durdonalarni qayta nashr etish ishlari davom etmoqda.
O‘zbekistonning jahon madaniyatiga qo‘shgan hissasi YuNESKO tomonidan yuqori baholandi. Xalqaro tashkilot bosh kotibi o‘rinbosari Renato Ramires O‘zbekistonni boshqa davlatlarga o‘rnak deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “tadqiqot - bu nafaqat akademik bilimlar, balki farzand va yangi avlodga bilim va tafakkurni yetkazish usulidir”.
G.Xoldorova tayyorladi.