Turkiya va Suriyadagi zilzila: so‘nggi ma’lumotlar
▪️ So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 18 342 odam halok bo‘lgan, 72 424 kishi kishi jarohatlangan.
▪️ Suriyada esa zilzila zarbasi asosan mamlakat g‘arbi va shimoli-g‘arbida joylashgan Aleppo, Latakiya, Tartus va Xama viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. Shu kungacha 1,3 mingdan ortiq kishi zilzila qurboni bo‘lgan, jabrlanganlar soni 2,2 mingdan oshgan.
▪️ Ekspertlar Turkiyadagi zilzilalar davomiyligini bir yildan ikki yilgacha bashorat qilishmoqda.
▪️ "Inson huquqlarini himoya qilish xalqaro jamiyati" inson huquqlari tashkiloti Suriya-Turkiya chegarasidagi zilzilalar fonida Suriyaga qarshi sanksiyalarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. Gumanitar yordamni yetkazishda to‘siq bo‘layotganini BMT Insonparvarlik yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi matbuot kotibi Madevi Sun-Suona ham ma’lum qilgan.
▪️ Qo‘shma Shtatlar olti oyga Suriyaga zilzilada yordam ko‘rsatish maqsadida sanksiyalardan bekor qildi. 2023 yil 8 avgustgacha Suriyaga qarshi joriy etilgan Amerika sanksiyalari zilzilada yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bitimlarga tatbiq etilmaydi. Mamlakat Turkiya va Suriyaga yordam berish uchun 85 million dollar ajratadi
▪️ Italiya Turkiya va Suriyadagi zilzila qurbonlariga yordam berish uchun 11 million yevro ajratadi.
▪️ Jahon banki zilziladan jabr ko‘rgan Turkiyaga 1,78 milliard dollar ajratadi.
▪️ Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus zilzila qurbonlariga yordam ko‘rsatishni muvofiqlashtirish uchun bugun Suriyaga kelishini ma’lum qildi.
▪️ Shuningdek, 70 dan ortiq davlat Turkiya va Suriyada ro‘y bergan tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashda yordam bermoqda.