Turkiyada avtobus “avariya”si oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Turkiya g‘arbidagi Balikesir shahri yaqinida yo‘nalishli avtobus YTHga uchrashi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi tan jarohati oldi.

"Soat 4:40 da (Toshkent vaqti bilan 6:40), “Balikesir – Edremit” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus Balikesir hududidagi halqa yo‘lda boshqaruvni yo‘qotdi va ag‘darildi. 11 kishi voqea joyida, uch kishi kasalxonada vafot etdi. 18 kishi jarohat oldi", deya xabar berdi mahalliy hukumat.

Bu Turkiyada oxirgi ikki kun ichida avtobus ishtirokidagi ikkinchi yirik avtohalokat. Shanba kuni g‘arbiy Manisa provinsiyasida avtobusning qulashi oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan, 30 kishi yaralangan edi.