Turkiyada Samarqand aktyorlari taqdirlanishdi

22 aprel kuni festival doirasida Samarqand viloyat musiqali drama teatri tanlovga taklif etildi. Viloyatimiz teatri jamoasi tomonidan "Ko‘chki" spektakli namoyish etildi. Spektaklni Turkiya jamoatchilik vakillari, madaniyat va san’at namoyandalari va muxlislar maroq bilan tomosha qilishdi.
Spektakl namoyishidan so‘ng, so‘zga chiqqanlar o‘zbekistonlik san’atkorlar mahoratiga yuqori baho berishdi. Xususan, asar muallifi Tunjar Jujan o‘g‘li "Ko‘chki" voqealarining aynan shu o‘lkada sodir bo‘lganligi va Samarqand teatri ijodkorlari festivalga kelib, bu asarni shu yerda ijro etgani unutilmas voqea bo‘lganini e’tirof etdi.
Festival tashkiliy qo‘mitasi a’zolari tomonidan teatr jamoasiga «Xalqaro anjumanda muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun» diplomi va statuetkani tantanali ravishda topshirdi.