Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda
"O‘zgidromet" xabar berishicha, 9-10 yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.
Shu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat ko‘tariladi. 9 yanvarda kechasi 0...+5 daraja, kunduzi +12...+15 daraja iliq bo‘ladi, 10 yanvarda harorat kechasi +5...+8 daraja, kunduzi +15...+18 daraja iliq, janubiy hududlarda +20 daraja iliq bo‘ladi. Kechasi va ertalab respublika bo‘yicha tuman tushadi.
11 yanvarda mamlakat hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam va salqin havo kirib kelishi kutilmoqda.
Respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Havo harorati kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +10...+15 daraja iliqni tashkil etadi. Shimolda kechasi -3...-8 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.