Turkmaniston Prezidentining o‘lgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda

Ommaviy axborot vositalari Gurbanguli Berdimuhamedov o‘lgani haqida xabar tarqatdi. Aytishlaricha, Turkmaniston prezidenti jigar xastaligidan o‘lganmish. Ba’zi saytlar Berdimuhamedovning ayonlari ommaviy qamoqqa olinayotganini, xususan, o‘g‘li Serdar uy qamog‘ida ekanligini ham aytyapti.

Lekin Gurbangulining o‘zi emas, onasi o‘lganining ehtimoli kattaroq. Prezidentning onasi anchadan beri og‘ir kasal edi, Germaniyada davolanayotgandi. Prezidentning samolyotini ham o‘sha yerda ko‘rishibdi.

Hozircha bu haqda rasmiy axborot berilgani yo‘q.  

Xullas, dunyoning eng yopiq mamlakatidan bir-birini inkor etuvchi xabarlar kelayapti.