Turkmanistonda ikki palatali parlament tashkil etiladi
25 sentyabr kuni Turmaniston Xalq maslahati mamlakatda ikki palatali parlament tashkil etilishini nazarda tutuvchi “Turkmaniston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda Turkmaniston davlat agentligi (TDA) xabar berdi.
Mamlakatdagi eng yuqori vakillik organi bo‘lgan Xalq maslahati yig‘ilishi mintaqadagi va dunyodagi og‘ir epidemiologik vaziyat sababli birinchi marotaba masofadan turib o‘tkazilmoqda.
Konstitutsion qonun loyihasi muhokamasidan so‘ng yig‘ilishga raislik qilayotgan mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Xalq maslahatining ushbu hujjatini tasdiqlash uchun ovozga qo‘ydi. Qaror bir ovozdan qabul qilindi va davlat rahbari Xalq maslahati raisi sifatida uni imzoladi.
Mamlakatda ikki palatali parlamentni tashkil etishni nazarda tutuvchi “Turmaniston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi yangi konstitutsiyaviy qonun 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga kiritilishi ko‘zda tutildi.