Turniketdan tekin quvvat
Kundalik hayotimizda elektr energiyasi hosil qilish mumkin bo‘lgan imkoniyatlar shunchalik ko‘p ekanki, ixtirochilar ularni ham ko‘zdan qochirishmayapti.
Masalan, biz har kuni son-sanoqsiz tana harakatini amalga oshiramizki, nega bu behuda ketishi kerak, deydi tinib tinchimas kashfiyotchilar. Bu haqda jahonning hamma muhandislari bosh qotirishmoqda. Qiziq takliflar o‘rtaga tashlanyapti. Misol uchun, aylanadigan “eshik” – turniketlar kinetik energiyasidan foydalanish.
Xitoy va Niderlandiyada bunday generator-eshiklar allaqachon paydo bo‘lgan. Savdo markazlariga tashrif byuruvchi xaridorlar, vokzallar, avtobekatlar, metro yo‘lovchilari shu tariqa tekin elektr energiya ishlab chiqarishadi.
T.ShOMURODOV tayyorladi.