Tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 4 shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 7-moddasida jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamasligi, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi haqida bayon qilingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan joriy yilning 17 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan sud tomonidan tayinlangan ozodlikni cheklash jazosini o‘tash davrida o‘zining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish bilan bog‘liq 4 nafar shaxsga (3 nafar erkak, 1 nafar ayol) nisbatan yig‘ma jild hujjatlari ko‘rib chiqilib, taqdimnomalar qanoatlantirildi.
Zarifa AHMEDOVA,
jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi sudyasi.