Uch mehmon – Boylik, Omad, Muhabbat
Ayol uyidan chiqa turib, ko‘cha hovlisida uzun oq soqolli uchta cholni ko‘rib qoldi. U ularni tanimasdi, biroq ularni charchagan deb o‘yladi va dedi:
- Sizlar ko‘p yurganga o‘xshaysiz, horg‘in ko‘rinasiz, iltimos uyga kirib, ovqatlaning, hordig‘ingizni chiqarib oling. Keyin yo‘lingizda davom etarsiz.
- Turmush o‘rtog‘ingiz uydami? – so‘radi ular.
- Yo‘q, - dedi ayol. - U hozir ishda.
- Unda biz kirolmaymiz, - javob berdi ular.
Kechqurun eri uyga qaytgach, ayol nima bo‘lganini aytib berdi. Shunda turmush o‘rtog‘i “Borib men uyda ekanligimni ayt va ularni uyga taklif qil”, dedi.
Ayol tashqariga chiqib, qariyalarni taklif qildi.
- Hammamiz birdaniga uyingizga kira olmaymiz, - dedi qariyalarning biri.
- Nega? - hayron bo‘ldi ayol.
Ikkinchi chol tushuntirdi:
- Mana buning ismi Boylik, - dedi u do‘stlarining biriga ishora qilib, - bunisi Omad, mening ismim Muhabbat. - Keyin qo‘shib qo‘ydi. – Endi uyingga bor va ering bilan uylaringda kimni ko‘rishni xohlashlaring to‘g‘risida maslahatlashib kel. Kimni tanlasalaring, o‘sha mehmoningiz bo‘ladi.
Ayol uyga kirib, eriga eshitganlarini aytib berdi. Turmush o‘rtog‘ining quvonchi cheksiz edi va xotiniga qarab “Agar biz haqiqatan tanlashimiz kerak bo‘lsa, Boylikni taklif qila qolaylik, u kirib, uyimizni boylikka to‘ldirsin”, dedi.
Xotini e’tiroz bildirdi va:
- Azizim, Omadni taklif qilamiz? U bizlarga har doim omadni keltirib tursa, ajabmas, dedi.
Uyning burchagida o‘tirgan ularning qizi hamma gaplarni eshitib turardi va u o‘z taklifi bilan ularni oldiga yugurib keldi:
- Dada, oyi Muhabbatni taklif qilsak qanday bo‘larkan? Axir keyin uyimizda sevgi hukmronlik qiladiku? - dedi.
- Ha, mayli dedi er xotiniga, - qizimiz to‘g‘ri gapni aytyapti, borib Muhabbatdan uyimizga mehmon bo‘lishini so‘ragin.
Ayol chiqib chollardan so‘radi:
- Qaysi biringiz Muhabbat? Uyga kiring va mehmonimiz bo‘ling.
Chollardan biri uy tomon yura bordi. Qolgan ikki qariya esa uning ortidan ergashdi. Ayol hayron bo‘lib, ulardan so‘radi?
Axir men faqat Muhabbatni taklif qildimku, sizlar...?
Oqsoqollar javob berishdi:
- Agar siz Boylik yoki Omadni taklif qilganingizda, qolgan ikkimiz ko‘chada qolib ketardik, biroq siz Muhabbatni tanladingiz, Muhabbat qayerga bormasin, biz doim unga ergashamiz. Sevgi bor joyda boylik ham, Omad ham bo‘ladi!
Bahora Muhammadiyeva tarjimasi.