Uch mingdan ziyod avtotransport vositasi jarima maydonchasiga olindi
Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan viloyat IIB JXX YHXB ma’muriy amaliyot bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda ma’muriy jarimalarni undirish yuzasidan qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 66 385 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 45 milliard 68 million so‘m mablag‘lar undirilgan. Shundan, IIB JXX YXXB organlar qarorlari asosida 54 098 ta ijro hujjatlari bo‘yicha 20 milliard 275 million so‘m mablag‘larni undirish bo‘yicha hujjatlarning ijrosi ta’minlangan.
Qo‘shma reydlar davomida o‘tgan davrda 3 087 ta avtotrasport vositalari vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan bo‘lsa, shundan 2 880 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.
Misol uchun, 7 ta ma’muriy jarimasi uchun qidiruvda bo‘lgan fuqaro K.M.ning "HYUNDAI ELANTRA" rusumli avtoulovi ham reyd tadbirida vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Ma’muriy jarimalarni undirish ishlari davom ettirilmoqda.