Uchta va undan ko‘proq dori qabul qiluvchi 15 foiz kattalar jizzakilikdan noliydi

Bir qator ommaviy tibbiy dorilar inson xulq-atvoriga sezilarli ta’sir o‘tkazib, uning shaxsini o‘zgartirar ekan. “Deyli Meyl” nashri bu haqda britaniyalik vrach Sara Xillning tadqiqotlari natijalarini keltiradi.

Ushbu mavzuni o‘rganishga kirishar ekan, Xill hozirda har o‘ninchi britaniyalik har xil sakkizta dori qabul qilishini aniqladi. Dori qancha ko‘p bo‘lsa, inson xulq-atvori va kayfiyatiga shuncha kuchli ta’sir ko‘rsatar ekan.

Yaqinda tadqiqotlar inson ruhiyati va shaxsiga kuchli ta’sir etadigan 200 ta dorini aniqladi. Uchta va undan ko‘proq dori qabul qiluvchi 15 % kattalar jizzakilikdan nolishadi. Bunday dorilar ichida astma, artritga qarshi preparatlar bor, deb yozadi “Deyli Meyl”.

T.MUROD tayyorladi.