Ukraina nizosi bilan bog‘liq voqealar qisqa satrlarda

▪️ Moskva yaqinidagi harbiy qism yaqinida ikkita va keyinroq yana bitta dron qulagani haqida Moskva viloyati gubernatori ma’lum qildi.

▪️ So‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli kuchlari hujumning barcha yo‘nalishlarida bir kilometr oldinga siljiganini ma’lum qildi.

▪️ Seshanbaga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi "shahid" dronlari yordamida katta zarba berishga harakat qilgan. Ukraina Bosh shtabi 30 ta drondan 28 tasi yo‘q qilinganini ma’lum qilgan.

▪️ Buyuk Britaniya hukumati chorshanba kuni Londonda Ukrainaning urushdan keyingi tiklanishiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada 38 mamlakatdan 400 kompaniya urushdan keyin Ukraina iqtisodiyotini tiklashga yordam berish va’dasini imzolashini e’lon qildi.

▪️ Times: Finlyandiyaning yangi hukumati Ukraina bilan urushda Rossiyani qo‘llab-quvvatlayotgan Afrika va Osiyodagi qashshoq mamlakatlarga yordam berish uchun pul sarflashni to‘xtatmoqchi.

▪️ Pentagon yanglishib, Ukrainaga harbiy yordam narxini 6,2 milliard dollarga oshirgan. May oyida Pentagon yordam mablag‘i uch milliardga oshirib ko‘rsatilgan bo‘lsa, yaqinda ma’lum bo‘lishicha, tafovut bundan ikki barobar oshiq.

▪️ Rossiya hukumati mahbuslarni frontga yuborishni qonuniylashtirdi: Davlat Dumasi sudlangan shaxslarga shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tashga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi.

▪️ Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Kaxovka GEEining vayron qilinishini “ekotsid” deb atadi va Rossiyani javobgarlikka tortishga chaqirdi. Ukraina o‘rmonlarining 50 gektardan ortiq maydoni suv ostida qolgani va kamida yarmi nobud bo‘lgani aytilmoqda.