Ukraina: Oliy sud rahbari 3 million dollar pora bilan ushlangach, o‘nlab sudyalarning uyida tintuv o‘tkazilmoqda

Avvalroq Ukraina korrupsiyaga qarshi kurash tashkiloti tomonidan mamlakat Oliy sudi rahbari Knyazev hibsga olingani haqda xabarlar tarqalgandi. Ma’lum bo‘lishicha, Vsevolod Knyazev 3 mln. dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Ukraina korrupsiyaga qarshi kurashish byurosi va ixtisoslashtirilgan prokuratura Oliy sud rahbari tomonidan 3 million dollarga yaqin pora olinganini tasdiqlagan.

Mamlakat OAVlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlarining yana 18 nafar sudyalariga nisbatan tintuvlar o‘tkazilmoqda. Knyazev sud jarayonlarida oligarx Konstantin Jevago manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash uchun pul olgan, deyiladi xabarlarda.

Pora sifatida olingan pullar fotosuratini e’lon qilgan. Byuro holat yuzasidan to‘liq tafsilotlar keyinroq ochiqlanishini bildirgan.

Oliy sud Knyazev atrofida sodir bo‘layotgan voqealar munosabati bilan 16 may kuni Oliy sud Plenumining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.