Ukrainadagi vaziyat: Ukraina qarshi hujumi boshlanganmi? Rossiya Ukraina Qurolli Kuchlari front chizig‘idan yorib o‘tganini rad etadi
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishda davom etmoqda va Ukraina Qurolli Kuchlarining front chizig‘ining turli qismlarida muvaffaqiyatga erishgani haqidagi ma’lumotni rad etmoqda.
Zaporojeda havo hujumi sirenalari to‘xtamaydi. Mahalliy hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, rus qo‘shinlari bir kun ichida mintaqaga 70 marta hujum qilgan. Turar-joy binolarining o‘qqa tutilishi natijasida kamida 8 kishi jarohatlangan.
Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina qo‘shinlarining frontning turli sohalarida muvaffaqiyatga erishgani haqidagi xabarlardan so‘ng Zaporoje va Xerson viloyatlarida faol harbiy harakatlar haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Shu bilan birga, Rossiya Ukrainaning Donetsk yo‘nalishidagi bir necha hujumlarini qaytarganini da’vo qilmoqda.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina qo‘shinlarining e’lon qilingan qarshi hujumini keyinga surishga to‘g‘ri kelishini, chunki Ukrainaga barcha harbiy texnika hali yetib kelmaganini aytgan edi.
Ukraina qarshi hujumi boshlanganmi?
Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi boshlanganmi yoki yo‘qmi, hozircha aytish qiyin. Qarama-qarshi ma’lumotlar har ikki tomondan tarqatilmoqda.
Moskva va Kiyevdan kelayotgan bir biriga zid ma’lumotlar fonida noaniqlik hukm surmoqda. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy payshanba kuni BBCga bergan intervyusida unga qarshi hujum qilish uchun hali vaqt va qurol kerakligini aytgan.
O‘z navbatida, Rossiya qo‘mondonligi payshanba kuni o‘z qo‘shinlari Soledar hududida 95 kilometrlik frontda ukrainalik qo‘shinlarning 26 ta hujumini qaytarganini ma’lum qilgan.
Baxmut yaqinidagi vaziyatga kelsak, Ukraina juma kuni bu shahar atrofidagi hududlarni qaytarib olganini e’lon qilgan. ChVK Vagner rahbari Yevgeniy Prigojin bu ma’lumotni bilvosita tasdiqlab, Rossiya muntazam qo‘shinlari qochib ketayotgani va bu mudofaaning qulashiga olib kelishini aytgan.
Shuningdek Pekindan dushanba kuni Kiyevga yuqori martabali vakil yuborilishi, u Moskvaga borishdan oldin Yevropani kezib chiqishi haqida ham xabar tarqalmoqda.