Ukrainaning Moskvaga hujumi: poyezdlar to‘xtagan, samolyotlar uchmayapti

Kecha Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining hujumi tufayli Moskva osmoni butunlay yopilgan edi. Dron Zelenograddagi turar-joy binosiga ham kelib urilgan. 

Ommaviy kechikishlar va reyslarning bekor qilinishi bir necha ming yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatdi. Yo‘lovchilar pol va sun’iy o‘t ustida uxlashlariga to‘g‘ri kelgan.

Shahar va shahar atrofida poyezdlar qatnovi ham to‘xtagan yoki katta kechikishlar bilan harakatlanmoqda. Yo‘lovchilar tiqilinch va “ochlik”dan shikoyat qilishmoqda.

Moskva merining so‘zlariga ko‘ra, bugun tunda Moskvaga uchayotgan yana 2 ta dron yo‘q qilingan. Urib tushirilgan dronlarning umumiy soni 70 dan ziyod. Tongda esa aeroportlar qisman samolyotlarni qabul qilish va uchirishni boshlagan. Vaholanki, cheklovlar tufayli boshqa mamlakat va shaharlar aeroportlaridagi o‘nlab reyslar o‘z parvozini kutayotgani aytilmoqda.