Ulkan astroid Yer bilan to‘qnashishi mumkin
Ulkan astroid 2029 yilda Yerga juda yaqin joydan uchib o‘tadi, deb xabar bermoqda Fox News. Uning kengligi 335 metrni tashkil etadi.
"Apofis" nomli bu astroid 2029 yil, 13 aprelda Yerdan 30 ming km. uzoqlikdan uchib o‘tadi, ammo uning Yer bilan to‘qnashishi ehtimoli ham bo‘lishi mumkin deb hisoblamoqda mutaxasislar.
Astronom olimlarning Yer shari himoyasiga bag‘ishlangan konferensiyasida "Apofis"ning Yer bilan to‘qnashishi masalasi, shuningdek agar to‘qnashuv sodir bo‘lishi ehtimoli bo‘lsa uning oldini olish va bu astroidni boshqa yo‘nalishga burib yuborish kabilar muhokama qilinmoqda.