Ulug‘ oyda bolalarga mehr ulashildi
Muborak Ramazon oyi davomida Samarqand viloyati hokimligi, homiy tashkilotlar va saxovatpesha insonlar tashabbusi bilan Mehribonlik, Muruvvat va Saxovat uylari hamda maktab-internatlarida xayriya tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Ulug‘ oy munosabati bilan o‘tkazilayotgan bu tadbir Samarqand shahridagi 10-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun ham tashkil etildi. Unda Samarqand shahridagi Ahmad Yassaviy mahallasi va oilaviy tadbirkor R.Abdullayev tomonidan tarbiyalanuvchilar uchun xayriya dastuxoni yozildi.
Xayriya tadbirida konsert dasturlari namoyish etilib, bolajonlarga kiyim-kechaklar tarqatildi.
Zilola Norqulova.