Umidjon O‘zbekiston kubogi g‘olibi
Navoiy shahrida taekvando WTF bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand shahridagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Umidjon Narziyev munosib ishtirok etib, 57 kilogramm vazn toifasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
- Taekvando sport turi bilan 5 yildan buyon shug‘ullanaman, - deydi U.Narziyev. - Viloyatda o‘tkazilayotgan musobaqalarda faol ishtirok etib kelaman. Erishgan muvaffaqiyatlarimda ustozim Ramil Ismatovning zahmatli mehnati bor. Ularning, ota-onamning, yaqinlarimning menga bo‘lgan ishonchi yutuqlarim kalitidir.
Munisa Shamsiyeva.