Un qurti – yevropaliklar “menyu”sida
Pishiriq, makaron mahsulotlari va hatto hasharotlar oqsilidan tayyorlangan go‘sht mahsulotlari tez orada yevropaliklarning ovqatlanish ratsionini boyitadi. Yevropa Ittifoqi oziq-ovqat uchun yirik un qo‘ng‘iz lichinkalaridan foydalanishni ma’qulladi.
Hozirga qadar ularni yetkazib berish uchun faqat bitta kompaniya - fransuz Agronutris kompaniyasi litsenziyaga ega bo‘lib, u oldin faqat baliq va hayvonlar ozuqasi uchun hasharotlar yetishtirgan.
Ammo mutaxassislar bunday ovqatga talab juda tez rivojlanishi, iste’mol qilish mumkin bo‘lgan hasharotlar bozori jadallashishiga amin bo‘lishmoqda.
"Endi hasharotlar yetishtirish sohasidagi muammolardan biri – odamlarning ehtiyojlariga ko‘proq moslashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish. Shunday qilib, kelgusi oylarda bozorda hasharotli un mahsulotlari ko‘rishingiz, do‘kon javonlarida energetikli batonlar, qo‘ng‘izli pechene, oqsilli makaron va hatto hasharotli bifshtekslar xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi", deydi Agronutris asoschilaridan biri Sedrik Oriol.
Un qurti oqsilning muqobil manbai bo‘lib, ular vitaminlar, minerallar, omega yog‘ kislotalariga boy, deydi olimlar. Bundan tashqari, hasharotlar yetishtirish iqtisodiy va ekologik jihatdan foydali.
Yevropa Ittifoqida Agronutris kabi kompaniyalar, shu jumladan, chigirtkalar yetishtirish bo‘yicha 11 ta murojaat mavjud.
G.XOLDOROVA tayyorladi.