Urgutda 20 million so‘mlik pirotexnika vositalari savdosiga chek qo‘yildi

Bugun, 10 dekabr kuni Samarqand viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Urgut tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

 Fuqaro N.U. B. ismli shaxsga 20.000.000 so‘m evaziga Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan 48 blok, 480 quti, 28.800 dona “Treniya” nomli va 111 blok, 1.110 quti, 66.600 dona “Britanik” nomli jami 95.400 dona pirotexnika vositalarini qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.