Urgutda 77 korxona va tashkilot, ta’lim muassasalari tomonidan aholiga 227 ta bo‘sh ish o‘rinlarini taqdim etdi

Urgut tumanida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosi doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazildi.
Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda sektor rahbarlari, ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari, keng jamotchilik ishtirok etdi.
Yarmarkada tumandagi 77 korxona-tashkilot hamda ta’lim muassasa tomonidan 227 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi. Bir guruh yoshlarga tadbirkorligini boshlashga imtiyozli kreditlar olish uchun sertifikatlar berildi.
Tadbirda o‘quvchi-yoshlar tomonidan turli ko‘ngilochar, badiiy dasturlar, shuningdek, sportning futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha tuman birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.