Urgutda fermer xo‘jaligidan ijaraga olingan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
- 22.05.2021 11:33
- 365
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda fuqarolar A.Q. va B.A. qarindoshi M. tomonidan fermer xo‘jaligidan ijaraga olingan 0,60 gektar yer maydonini “M.” xususiy korxonasi rahbariga firibgarlik yo‘li bilan 9 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bergan xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!