Urgutda “Juma – yo‘l harakati xavfsizligi kuni” 214 ta qoidabuzarliklar aniqlandi

Joriy yilning 13 mart kuni “Juma – yo‘l harakati xavfsizligi kuni” munosabati bilan Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan Urgut tumanida “Avtopatrul” reyd tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida jami 214 ta qoidabuzarliklar aniqlangan bo‘lib, shulardan transport vositasini qarama-qarshi boshqarish 2 ta, sug‘urta polisisiz 5 ta, monitordan foydlanish 2 ta, hujjatsiz avtomashina boshqarish 27 ta, noqonuniy odam tashish 16 ta, to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzish 6 ta, noto‘g‘ri quvib o‘tish 15 ta, xavfsizlik kamaridan foydlanmaslik 91 ta, davlat raqam belgisisiz boshqarish 3 ta, yo‘l belgilariga amal qilmaslik 4 ta, telefondan foydalangan holda boshqarish 5 ta, piyodaga yo‘l bermaslik 2 ta, svetofor chiroqlariga amal qilmaslik 8 ta, yo‘l-patrul xizmati xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik 2 ta va belgilangan muddatda YHXBdan ro‘yxatdan o‘tmagan 12 ta qoidabuzar haydovchilar aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yuqoridagi holatlarga o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnomalar tuzildi.