Urgutda maktab direktori daraxtlarni kesish oqibatida tabiatga 77 mln. so‘m zarar keltirdi
Holat tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan aniqlangan.
Viloyat ekologiya boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, davlat inspektorlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida tumanning Bunyodkor mahallasi hududida joylashgan 52-umumta’lim maktabi direktori U.I tomonidan maktab hududidagi sog‘lom ko‘karib turgan qariyb 23 tup tuya archasi daraxtlarini kesib tashlanganligi ma’lum bo‘lgan.
Shu bois qonunbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq 17 million so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarari uchun 60 520 000 so‘m qo‘llanilgan.