Urgutda voleybolchi qizlar O‘zbekiston chempionatida bahs olib boryapti
- 25.06.2019 16:01
- 191
- Sport
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi tibbiyot kollejida sportning voleybol turi bo‘yicha 2005 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi qiz bolalar o‘rtasida II O‘zbekiston chempionati bahslariga start berildi.
Unda respublikamizning barcha viloyatlaridan jami 200 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etmoqda.
Musobaqa bellashuvlari 30 iyun kuniga qadar davom etadi.
Tadbirdan fotolavhalar.
Ahror Shamsiyev.
Jabbor Nabiyev (foto).