Urgutda yana yer sotayotgan ikki shaxs qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tumani bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda fuqaro I.A. “Mirza-Pay” irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli 0,9 gektar yer maydonini ijaraga olib, ushbu yer maydonini fuqaro X.U.ga firibgarlik yo‘li bilan 60 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Shundan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan DXXning Urgut tumani bo‘limi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “U-A.” MTP rahbari A.X. “F.” oilaviy korxonasi rahbari Sh.ga MTP hududidan 3,6 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 40 million so‘m talab qilib, shundan 30,4 million so‘mni MTP kombaynchisi X. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.