Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Urgutdagi ikki qavatli savdo markazida yuz bergan yong‘in bartaraf etildi

Joriy yilning 25 sentyabr kuni soat 19:24 da Urgut tumani Yuqori kalangar MFYda joylashgan, "Urgut Fayz savdo" MChJga qarashli ikki qavatli savdo markazida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji zudlik bilan yetib borgan va yong‘in soat 20:38 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida bino birinchi qavatining 98 metr kvadrat maydoni shift qismi va savdo mahsulotlari yonib zararlangan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 420 metr kvadrat maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.