Urgutdagi xonadonga boyo‘g‘li uchib keldi

Joriy yilning 20 aprel kuni Samarqand viloyati, Urgut tumani, Mirzabog‘lon qishlog‘ida yashovchi fuqaro Ahmad Daminov o‘z uyidan boyo‘g‘li qushini tutib olganligi to‘g‘risida tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiya xodimlariga xabar berdi.

Mazkur xabardan so‘ng tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan tezkor ishchi guruhi tuzilib, joyiga borib tegishli tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi va qush tumandagi “Kamangaron" o‘rmon bo‘limiga, ochiq tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi.

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi.